Shvetsiyada himoya so´rab murojat qilganlar uchun

Till dig som söker asyl i Sverige – uzbekiska

Sizning qochoqlik arizangizni Migratsiya hizmati ko´rib chiqadi. Shvetsiyada kimlar qochoq statusini olishi haqida BMT ning qochoqlar konvensiyasida, Evropa Ittifoqining umumiy qoidalari va Shvetsiya qonunida yozib qo´yilgan.

Ushbu ma´lumotlar varog´ida qochoqlik arizasining Migratsiya hizmati tomonidan qayday ko´rib chiqilishi hamda Shvetsiyada qochoq sifatida huquq va majburiyatlaringiz haqida qisqa ma´lumot olishingiz mumkin. Keyinchalik ko´proq ma´lumotlar olasiz va savollar berish imkoniyatiga ham ega bo´lasiz.

Qocho­qlik bo´yicha qoyi­dalar

Shvetsiyada hamma qochoqlik arizalari Migratsiya hizmati tomonidan individual holatda ko´rib chiqiladi. Shvetsiya sizga qochoq yoki boshqa sabablar tufayli himoyaga muhtoj sifatida yashash uchun ruhsat berishi mumkin.

Qochoq

BMT qochoqlar konvensiyasi va Shvetsiya qonuniga binoan quyidagi holatlar yuzasidan o´zini ta´qib ostida deb bilganlar qochoq deb hisoblanadi, ya´ni

  • irqi
  • millati
  • diniy yoki siyosiy qarashlari
  • jinsi
  • jinsiy qarashlari
  • biror jamiyat guruhiga a´zo bo´lganligi tufayli.

Ta´qib yurtingizdagi davlat organlari tomonidan bo´lishi mumkin. Davlat organlari biror inson yoki guruhlarning ta´qibiga qarshi yordam berolimasligi yoki yordam berishni istamasligi ham ta´qib hisoblanadi.

Qochoq statusini olganlarga odatda uch yilga yashash uchun ruhsat beriladi.

Alter­nativ yordamga muhtojlar

Shvetsiya qonuni bo´yicha quyidagi insonlarga alternativ himoyaga muhtoj statusi beriladi, agar

  • o´limga hukm qilinish havfi mavjud bo´lsa
  • tana jarohatlari, qiynov yoki boshqa shavqatsiz hamda haqoratlovchi jazoga tayinlanish havfi mavjud bo´lsa
  • qurolli to´qnashuvlar tufayli fuqaro sifatida jiddiy jarohat olish havfi mavjud bo´lsa.

Alternativ himoyaga muhtoj sifatida odatda 13 (o´n uch) oyga yashash uchun ruhsat beriladi.

Qochoqlik so´rab murojat qilish (ariza topshirish)

Shvetsiyada qochoqlik so´rab ariza topshirish uchun o´zingiz shaxsan Migratsiya hizmatiga kelishingiz lozim. Arizalar bo´limi sizning arizangizni qabul qilib, ularni ro´yhatga oladi.

Sizni suratga tushirishadi va barmoq izlaringizni olishadi. Barmoq izlaridan shu qatorda boshqa Evropa davlatlarida qochoqlik so´rab murojat qilgan yoki qilmaganligizni tekshirishda foydalaniladi.

Sizga ishingizni olib boruvchi berilib, u tarjimon yordamida sizga turli savollar beradi, shular qatorida kimligingiz, nima uchun o´z yurtingizni tashlab kelganingiz hamda Shvetsiyaga qanday kirib kelganligingiz haqida so´raydi. Sizga oilangiz hamda sog´ligingiz haqida ham savollar berishadi. Bu orqali biz sizning arizangizni qochoqlik tekshiruvi uchun tayyorlaymiz. Qochoqlik bo´yicha tekshiruvda o´zingizning qochoqlik yuzasidan sabablaringiz haqida ko´proq savollarga javob berasiz.

Agar mahsus muhtojligingiz bo´lsa, masalan, nogironlik, ya´ni jismoniy, ruhiy yoki aqliy zayifligingiz bo´lsa, bu haqida Migratsiya hizmatiga aytishingiz lozim. Agar nogironligingiz qochoqlik arizangiz yuzasidan Migratsiya hizmati bilan muloqotingizni qiyinlashtirsa, bu borada yordam olishga haqlisiz.

Arizalar bo´limida yana qochoqlik jarayoni qanday o´tishi haqida ma´lumotlar olishingiz hamda savollar berishingiz mumkin bo´ladi. Qochoqlik arizangiz ro´yhatga olingandan so´ng sizga vaqtinchalik kvitansiya berishadi. Ushbu kvitansiyani qochoqlik kartasini (LMA-kartasi) olguningizgacha saqlang, shu orqali qochoqlik so´rab murojat qilganingizni bilish mumkin.

Kimligingiz haqida aytib bering

Migratsiya hizmati sizning qochoqlik statusi olishga haqli ekanligingizni bilishi uchun kimligingiz va qayerdan kelganligingizni aytib berishingiz lozim. Buning eng yaxshi yo´li qochoqlik so´rab murojat qilishda pasport yoki shaxsingizni tasdiqlovchi kartangizni topshirishingizdir. Shaxsingizni aniqlovchi hujjat yurtingizdagi davlat organlari tomonidan berilgan bo´lib, unda suratingiz ham bo´ladi. Hujjatda yana ism-sharifingiz, fuqaroligingiz va qachon tug´ilganligingiz ko´rsatiladi.

Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni topish o´z bo´yningizda. Agar qochoqlik so´rab Migratsiya hizmatiga murojat qilganingizda shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlaringiz bo´lmasa, u holda ish olib boruvchingiz tez fursatda arizangizga qo´shimcha ravishda hujjatlar, ya´ni shaxshingizni tasdiqlovchi hujjatlarni topshiringizni so´raydi.

Agar shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlarni topishga qiynalsangiz, Migratsiya hizmatiga ularni topishga harakat qilayotganingizni ko´rsatishingiz lozim. Agar sizda shaxsingizni ko´rsatuvchi boshqa hujjatlaringiz bo´lsa, ya´ni haydovchilik guvohnomasi, tug´ilganlik haqida guvohnoma, fuqarolik guvohnomasi yoki harbiy guvohnomangiz bo´lsa, ularni ham topshirsangiz bo´ladi. Bunday hujjatlar kimligingizni isbotlashi qiyin bo´lsada, bunday hujjatlardan bir nechtasi o´zingiz va yurtingiz haqida so´zlab berganlaringiz bilan birga shaxshingizni tasdiqlashda ehtimollikni oshirishi mumkin.

Agar kimligningizni ko´rsatishda yordam bersangiz, arizangiz bo´yicha qaroringiz chiqqunga qadar ishlash huquqiga ega bo´lasiz.

Qochoqlik arizangizni qaysi davlat ko´rib chiqishini tanlay olmaysiz (Dublin nizomi)

Qochoqlik so´rab ariza tashlaganingizdan so´ng, Migratsiya hizmati arizangizning Shvetsiyada yoki boshqa Evropa davlatida ko´rib chiqilishini tekshirib chiqadi. Agar Shvetsiyaga kelishda boshqa Evropa davlati uchun viza, u yerda yashash uchun ruhsat yoki u yerda qochoqlik so´rab murojat qilgan bo´lsangiz, balki o´sha davlatga qaytib ketishingiz lozim bo´ladi. Bu qoidalar Dublin nizomida ko´rsatilgan. Bu haqida `Evropa Ittifoqi ichida qochoqlik so´rab murojat qildim – qaysi davlat arizamni ko´rib chiqadi` nomli ma´lumotlar qog´ozida o´qishingiz mumkin. (Broshyura barcha tillarda mavjud emas).

Kutish davo­mida

Agar arizangiz Shvetsiyada ko´rib chiqiladigan bo´lsa, u holda qaroringiz chiqqunga qadar shu yerda qolishingiz mumkin. Kutish davomida Migratsiya hizmatining biror qabul bo´limi bilan muloqot qilib turasiz. Qabul bo´limlaridagi hodimlar sizning qochoqlik statusini olish yoki olmasligingizni hal qilishmaydi. Qabul bo´limlari sizga amaliy masalalarda, masalan moliyaviy hamda boshpana masalalarida yordam berishadi. Yana qabul bo´limlari qaroringiz chiqqanligi haqida va u nima anglatishi va siz nimalar qilishingiz lozimligi yuzasidan sizga xabar berishadi.

Muhim ma´lumot

Qabul bo´limi sizni guruhlarda o´tkaziladigan ma´lumotlar uchrashuvlariga chaqiradi. Uchrashuvda qochoqlik so´rab murojat qilganlar uchun juda kerakli bo´ladigan ma´lumotlar beriladi. Masalan, uy-joy, moliyaviy masalalar, sog´liq va salomatlikni saqlash haqida bo´lishi mumkin. Sizga yana masalan qonunlar, davlat organlari hamda qochoqlik so´rab murojat qilganlarga yordam beruvchi turli tashkilotlar haqida ham ma´lumotlar berishadi. Bular qaroringizni kutish vaqtida sizga juda kerakli bo´lgan ma´lumotlardir.

Sizga arizalar bo´limida ham qabul bo´limida ham juda ko´p ma´lumotlar berishadi. Ba´zida bir paytni o´zida juda ko´p ma´lumot olganday tuyulishi mumkin. Sizga berilgan hamma ma´lumotlar qog´ozlarini saqlab qo´ying, kerakli paytda yana o´qishingiz mumkin bo´ladi, agar savollaringiz bo´lsa, ish ko´ruvchiga keyingi uchrashuvda ularni berishingiz mumkin.

Agar Migratsiya hizmati bergan uyda yashasangiz, ba´zida o´sha uy-joylarda ishlovchi yoki tashrif buyurgan Migratsiya hizmati hodimlarini ko´rishingiz mumkin. Bu hodimlar sizning qochoqlik arizangiz bo´yicha savollarga javob berolmasliklari mumkin, lekin siz qidirgan ma´lumotlarni topishda yordam berishlari mumkin.

Qocho­qlik tekshi­ruvini kutish vaqtida

Qochoqlik tekshiruviga kelishingizgacha ko´p vaqt o´tishi mumkin. Kutish vaqtlari hammada turlicha.

Qochoqlik tekshiruvida nima uchun Shvetsiyada qochoqlik so´rayotganligingiz, hayotingizda nimalar sodir bo´lganligi va o´z yurtingizga qaytishingiz kerak bo´lsa hayotingizga qanday havf borligi haqida ko´proq gapirib berasiz.

Qaroringiz chiqqunga qadar bir nechta uchrashuvga taklif qilinasiz. Migratsiya hizmati siz uchun belgilagan vaqtlardagina keling. Yangi vaqtlar juda kam bo´lib, agar sizga yangi vaqt belgilaydigan bo´lsak, u holda qaroringizni yanada ko´proq kutishingizga to´g´ri keladi.

Manzilingizni ayting

Qaroringizni kutish vaqtida boshqa joyga ko´chsangiz, yangi manzilingiz haqida Migratsiya hizmatiga xabar bering, chunki tekshiruv yoki boshqa uchrashuvlar vaqtini sizga yetkazish lozim bo´lganda sizni topa olishimiz kerak. Xatlaringizni doimo o´qib turing, shunda Migratsiya hizmatidan boradigan ma´lumotlarni o´tkazib yubormaysiz.

Qocho­qlik kartasi (LMA-kartasi)

Shvetsiyada qochoqlik so´rab murojat qilganingizda sizga kvitansiya beriladi. Kvitansiyada raqam yozilgan bo´lib, Migratsiya hizmati bilan muloqot qilganingizda shu raqamni aytishingiz lozim bo´ladi. Shunda ish olib boruvchiga siz haqingizdagi ma´lumotlarni topish oson bo´ladi. Arizangizni topshirgandan so´ng taxminan bir hafta o´tib, qabul bo´limingizdan kartangizni olib ketishingiz mumkin. Karta LMA deb atalib, kvitansiyaning o´rniga beriladi.

LMA-kartasi doim yoningizda bo´lishi lozim, chunki shu orqali qaroringizni kutish vaqtida Shvetsiyada bo´lishga haqliligningiz hamda qochoqlik so´rab murojat qilganingizni ko´rsatasiz. Sog´liqni saqlash organlariga murojat qilganingizda, LMA-kartasini ko´rsating, bu orqali sizga arzon narxda hizmat ko´rsatiladi.

Uy-joy

Siz o´zingiz uy topishingiz yoki Migratsiya hizmati sizga uy berishi mumkin. Agar o´z mablag´ingiz bo´lsa, u holda sizga Migratsiya hizmati bergan uy-joy uchun pul to´laysiz. Uyni o´zingiz topsangiz, u holda ijara pulini ham o´zingiz to´laysiz.

Agar siz Migratsiya hizmati tomonidan berilgan turar-joyda yashasangiz, u holda sizga qaysi shaxar/tumanda yashashni tanlash xuquqi berilmaydi, va qaror kutish vaqtida ko´chishingizga to´g´ri keladigan holatlar ham bo´lishi mumkin. Agar o´zingiz uy-joy topsangiz, Migratsiya hizmatiga manzilingizni xabar berishni unutmang. Migratsiya hizmatining ijtimoiy va iqtisodiy muammolarga duch kelgan turar-joy hududlari borasida o´z ro´yhati mavjud. Shunday hududlarda yashashni tanlaganlar Migratsiya hizmatining moliyaviy yordamini olish xuquqini yo´qotishi mumkin. Migrationsverket.se/asyl sahifasida mazilingiz shu hududlarga kirish yoki kirmasligini ko´rishingiz mumkin.

Agar maxsus muhtojligingiz bo´lsa, shunga moslashgan uy-joyga haqlisiz. Bunday holatda nogironlik, jismoniy yoki ruhiy nosog´lomlik, turli jinsiy qarashli insonlar, homilador yoki katta yoshli insonlar nazarda tutiladi. Migratsiya hizmatiga o´z vaqtida muhtojliklaringiz haqida ayting, chunki sizning muhtojliklaringizga moslashgan va o´zingizni havfsiz his qilishingiz uchun uy-joy topishda qo´limizdan kelgancha tezroq harakat qilamiz.

Birga yashovchilar dini, madaniyati yoki jinsiy qarashlaridan qat´iy nazar bir-birlarini hurmat qilishlati va hurmat ko´rsatishlari juda muhim. Agar uyda o´zingizni havf ostida his qilsangiz, bu haqida Migratsiya hizmatiga xabar bering.

Sog´liq va salo­mat­likni saqlash

Qochoq sifatida siz salomatlikni saqlash, tish hizmatlari hamda tez yordam hizmatlariga haqlisiz. Sog´liqni saqlash orgarnlari sizga qanday davo lozimligini belgilaydi. Sog´liqni saqlash organlariga murojat qilganda yoki ba´zi dorilarni olishda qochoqlik kartangizni (LMA-karta) ko´rsatsangiz, hizmat haqini arzon narxda to´laysiz. 18 yoshdan kichik qochoq bolalar va o´smirlar Shvetsiyada yashayotgan bolalar va o´smirlar kabi sog´liqni saqlashda bepul hizmatga haqlidir.

Barcha qochoqlar poliklinika tomonidan bepul salomatlikni tekshirishga taklif qilinadi. Salomatlik tekshiruvi qochoqlik arizangizga ta´sir ko´rsatmaydi. Bu siz uchun bo´lib, agar davolanishga muhtoj bo´lsangiz, sizga vaqtida hizmat ko´rsatish uchun lozimdir. Salomatligingizni tekshirish jarayonida sizga salomatlik haqida savollarga javoblar, turli analizlar uchun takliflar hamda Shvetsiyada sog´liqni saqlash qandayligi borasida ma´lumotlar beriladi. Sog´liqni saqlash hodimlariga nogironlik, biror kasallik yoki og´riq tufayli sizga mahsus yordam zarur bo´lsa, bu haqida ayting.

Sog´liqni saqlash organlari Migratsiya hizmati uchun ishlamaydi va ular barcha ma´lumotlarni sir saqlashadi.

Ish

Siz Shvetsiyada qochoqlik arizasini topshirgan inson sifatida quyidagi holatlarda ishga ruhsatnomasiz ishlashingiz mumkin, agar

  • arizangiz Shvetsiyada ko´rib chiqilsa
  • o´z shaxsingizni aniqlashda yordam ko´rsatsangiz
  • arizangiz umuman asossiz deb topilmasa.

Agar shu talablarga javob bersangiz, ishlash huquqiga ega bo´lasiz.

Agar ishlagan bo´lsangiz, lekin qochoqlik arizangizga rad javobini olgan bo´lsangizda, davlatdan chiqib ketguncha yoki chiqib ketishga yordam ko´rsatguningizcha ishlashni davom ettirishingiz mumkin. Agar yashash uchun ruhsat olsangiz, ishlashda davom etishingiz mumkin.

Ish bilan ta´minlashda yordam ko´rsatish hizmatiga, ya´ni (Arbetsförmedlingen) ga (www.arbetsformedlingen.se External link, opens in new window.) bo´sh ish o´rinlarini topish uchun murojat qilishingiz mumkin.

Moliyaviy yordam

Agar ishlashga imkoniyatingiz bo´lmasa yoki pulingiz bo´lmasa, u holda kunlik nafaqa olish uchun ariza yozishingiz mumkin. Migratsiya hizmatidan oladigan pulingiz oziq-ovqat, kiyim-kechak va boshqa shaxsiy xarajatlaringiz uchun yetarli bo´ladi. Agar siz Migratsiya hizmatidan kunlik nafaqa olsangiz, sizning moliyaviy holatingiz o´zgarsa, masalan ishga kirsangiz, yoki turar joyingizni o´zgartirsangiz, bu haqida Migratsiya hizmatiga xabar berishingiz juda muhim hisoblanadi. Agar ijtimoiy va iqtisodiy muammolari mavjud hududga ko´chsangiz ham kunlik nafaqa olish xuquqidan mahrum bo´lishingiz mumkin. Migrationsverket.se/asyl sahifasida qaysi manzillar shunday hududlarga kirishini ko´rishingiz mumkin.

Agar siz Migratsiya hizmatiga aslida yashab turgan manzilingiz o´rniga boshqa manzilingizni, masalan pochta qutisi manzilini bersangiz ham kunlik nafaqa yoki mahsus nafaqa olish xuquqlarini yo´qotishingiz mumkin. Noto´g´ri ma´lumotlar berish yoki ma´lumotlar bermaslik jinoyat hisoblanishi mumkin, va bunday holatlarda Migratsiya hizmati ustingizdan politsiyaga murojat qilishi mumkin.

Maktab

Barcha qochoq bolalar va o´smirlar bog´cha va maktabga borishga haqli. Yashab turgan munisipalitet barcha qochoq bolalar va o´smirlarning munisipalitetdagi boshqa bolalar kabi bir hil sharoitda bog´cha va maktabga chiqishlariga masuldir. Hokimlik sizning bolangiz uchun maktabdan joy ajratishini yengillashtirish maqsadida, siz Migratsiya hizmatiga bolangizning ismi, tug´ilgan sanasi, tili, yurti va ish raqamini hokimlikka taqdim etishi uchun o´z roziligingizni berishingiz kerak bo´ladi. Siz o´zingiz ham hokimlikka murojat qilib, bolangiz maktab yoki bog´chaga chiqish istagi haqida xabar berishingiz mumkin.

Siz voyaga yetgan shaxs sifatida yashash uchun ruhsat olganingizdan so´ng, imigrantlar uchun shvet tili (SFI) o´rganishga borishingiz mumkin. Lekin qaroringizni kutish vaqtidan boshlab shvet tilini o´rganmoqchi bo´lsangiz, shvet tili kurslarini taqdim etuvchi turli nodavlat notijorat tashkilotlari va o´quv birlashmalari mavjud. Yashab turgan rayoningizda shvet tili o´rganishning imkoniyatlari haqida qabul bo´limidan so´rashingiz mumkin.

Nodavlat notijorat tash­ki­lotlar (NNT)

Turli rayonlarda nodavlat notijorat tashkilotlar, o´quv birlashmalari va cherkovlar qochoqlar uchun turli mashg´ulotlarni tashkil qilishadi. Migratsiya hizmati hodimlari siz yashab turgan joyda qanday tashkilotlar mavjudligi haqida ma´lumot berishlari mumkin. Kichik rayonlarda hamma tashkilotlar mavjud emas. Agar mahsus yo´nalishdagi tashkilot bilan muloqotga kirmoqchi bo´lsangz, qabul bo´limingizdan bu haqida so´rang.

Qochoqlik tekshiruvi

Qochoqlik tekshiruvida tarjimon yordamida qochoqlik sabalaringiz, ya´ni nima uchun Shvetsiyada qochoqlik so´rab murojat qilayotganligingiz haqida ko´p roq ma´lumot berasiz. O´z yurtingizni nima uchun tashlab kelgangizni sizdan boshqa hech kim aniq aytib berolmaydi. Shuning uchun yurtingizda sizga nima bo´lganligi va qaytib borishga majbur bo´lsangiz nima bo´lishi mumkinligi haqida hamma narsani aytishingiz lozim. O´z yurtingizdagi ahvoldan ko´ra, ko´proq siz o´zingiz bilan nima sodir bo´lganligi haqida aytib berishingiz kerak.

Yurtingizni tashlab kelish qaroriga kelishingiz uchun muhim bo´lgan barcha narsalar haqida ma´lumot bersangizdagina, Migratsiya hizmati sizning sabablaringiz yuzasidan to´g´ri qaror chiqarishi mumkin bo´ladi. Ish olib boruvchi arizangiz yuzasida muhim bo´lgan narsalarni bilish uchun sizga turli savollar beradi.

Agar hikoyangizni tasdiqlovchi biror hujjat yoki boshqa dalilingiz bo´lsa, qochoqlik tekshiruviga ularni olib keling. Zarur bo´lsa, Migratsiya hizmati hujjatlarni tarjima qildiradi.

Gapirib berish qiyin bo´lsan narsalar

Ba´zi narsalar haqida gapirish qiyin, lekin ularni aytib berish juda ham muhim bo´lishi mumkin. Ish olib boruvchi ma´lumotlarni sir saqlaydi va faqatgina arizangiz yuzasidan birga ish olib borayotganlargagina ma´lumot berishi mumkin. Tarjimon ham ish olib boruvchi kabi sir saqlash majburyatiga ega. Tekshiruv jarayonida zarur bo´lsa, tanaffus olishingiz mumkin.

Agar sizga faqat ayol yoki erkak ish olib boruvchi kerak bo´lsa, bu haqida tekshiruvdan oldin o´z vaqtida ayting.

Huquqiy yordam

Ko´pchilik qochoqlik so´raganlar huquqiy yordamchi olishga haqli bo´lishadi. Agar huquqiy yordamchiga haqli bo´lsangiz, Migratsiya hizmati sizga arizangiz ko´rib chiqilgunga qadar sizning ishingizda kerakli huquqiy yordam ko´rsatuvchi o´qimishli huquqshunos belgilaydi.

Huquqshunosga Migratsiya hizmati haq to´lasada, lekin huquqshunos Migratsiya hizmati va boshqa davlat organlariga hech qanday aloqasiz ish olib boradi. Siz boshqa huquqshunos tavsiya etishingiz, erkak yoki ayol huquqshunos so´rab murojat qilishingiz mumkin. Bu haqida tekshiruvdan oldin o´z vaqtida aytishingiz lozim. Agar Migratsiya hizmati to´laydigan huquqshunosga haqli bo´lmasangiz, u holda o´zingiz pul to´lab boshqa huquqshunos olishingiz ham mumkin.

Tarjimonning ishi va vazifasi

Migratsiya hizmatining ko´pgina uchrashuvlarida o´rtadagi muloqotni tarjima qiluvchi tarjimon ishtirok etadi. Ba´zan tarjimon xonada o´tirishi, ba´zan esa telefon yoki ekran orqali tarjima qilishi mumkin. Gapirayotganda tanaffus bilan gapirishga harakat qiling, shunda tarjimon hamma gaplaringizni tarjima qilishga ulguradi. Gapingizni boshlashdan oldin, tarjimon tarjimasini tugatishini kutib turing.

Tarjimonlar ba´zi qoidalarga rioya qilishadi. Tarjimani boshlashdan oldin tarjimonlar ikki tarafga o´z vazifasi, sir saqlashi hamda xonadagi har bir gapni tarjima qilish majburiyati haqida gapirib o´tadi. Tarjimon har bir gapni o´zidan qo´shmay yoki kamaytirmay tarjima qiladi. Tarjimon betaraf bo´lib, siyosat, din yoki boshqa masalalarda o´z fikrlarini aytmaydi. Ya´ni tarjimon o´rtadagi suhbatga aralashmasdan, biror tarafga yordam yoki tasdiq ko´rsatmasdan tarjima qilishi shart.

Agar tarjimonni tushunmasangiz yoki biror sabab tufayli o´zingizni tarjimondan noqulay his etsangiz, bu haqida ayting. Suhbatni to´xtatib, boshqa tarjimon so´rashingiz mumkin. Erkak yoki ayol tarjimonga istagingiz bo´lsa, bu haqida o´z vaqtida xabar berishni unutmang.

Qaror

Agar yashash uchun ruhsat olsangiz

Agar yashash uchun ruhsat olsangiz, u holda Shvetsiyada ham yashab ham ishlashga haqli bo´lasiz. Yashash uchun ruhsat olsangiz, Soliq qo´mitasiga borib, yashash uchun ro´yhatdan o´ting va shaxsiy raqam oling. Yashashga ruhsatingizni isbotlash uchun Migratsiya hizmati sizga yashashga ruhsat kartasini beradi. Karta qabul bo´limingizga yuboriladi.

Shvetsiyada qochoqlik so´raganlar uchun odatda bir yoki uch yilga yashash uchun vaqtinchalik ruhsat beriladi.

Yashash uchun ruhsatni uzay­ti­rish

Vaqtinchalik yashash uchun ruhsatingiz tugasa, uni uzaytirish uchun ariza topshirishingiz mumkin. Vaqtinchalik yashash uchun ruhsatingiz tugashidan oldin uzaytirishga ariza topshirishingiz muhim, lekin eng ertasi tugashidan uch oy oldin uzaytirishga ariza topshirish mumkin.

Agar himoyaga hali ham muhtoj bo´lsangiz, yashash uchun ruhsatingiz uzaytiriladi.

Agar rad javo­bini olsangiz

Rad javobi Migratsiya hizmatining baxolashiga binoan sizda Shvetsiyada qolish uchun yetarli sabab yo´qligini anglatadi. Agar rad javobini olsangiz, sizda ikkita tanlov mavjud: qarorni qabul qilish yoki uning ustida norozilik arizasini yozish.

Qochoqlik arizangizga rad javobi kelsa, sizni davlatdan chiqib ketishingiz so´raladi. Bu qaror kuchga kirgan kundan boshlab to´rt yil ichida amalda bo´ladi. Agar shu vaqt ichida Shvetsiyaga boshqatdan kirib kelsangiz, sizni yana qaytarib chiqarib yuborishadi. U holatda ishingiz qayta ko´rilishiga yoki Migratsiya hizmatidan biror yordamga haqli bo´lmaysiz.

Uy va moliyaviy yordam olish huquqi to´xtati­ladi

Qochoqlik arizangizga rad javobi kelsa, siz moliyaviy yordamga haqli bo´lmaysiz. Bu voyaga yetgan hamda 18 yoshdan kichik farzandning ota-onasi bo´lsada, lekin bola bilan birga yashamaydiganlar uchun amalda. Moliyaviy yordam deganda kundalik yordam puli hamda Migratsiya hizmati uy-joylari tushuniladi. Bunday huquq davlatdan chiqib ketish haqidagi qaror kuchga kirgandan va qarorni boshqa apelyatsiyaga berolmaslikdan yoki o´z xohishi bilan davlatdan chiqib ketish muddati tugashidan so´ng to´xtatiladi. Shunda Shvetsiyadan chiqib ketishingiz kerak.

Bolali oilalar to Shvetsiyadan chiqib ketmagunlaricha yoki biror sabab tufayli migratsiya qabul bo’limidan o’chirilmagunlaricha Migratsiya hizmati vaqtichalik uy-joylarida yashab turishlari va moliyaviy yordam olish huquqini saqlab qolishlari mumkin. Ishingiz yuzasidan rad qarori kuchga kirgandan so’ng ishlash uchun ruhsat olishga ariza topshirgan bo’lsangiz, siz migratsiya qabul bo’lmidan o’chirilasiz va moliyaviy yordam olish yoki uy-joy uchun yordam olish huquqlarini yo’qotasiz. Ushbu qoida siz bilan birga yashash uchun ruhsat olishga ariza topshirgan oila a’zolaringiz uchun ham amalda.

Agar apely­at­siyaga bersangiz

Agar apelyatsiyaga bermoqchi bo´lsangiz, u holda siz suddan qaroringizni qayta ko´rib chiqishini so´ragan bo´lasiz. Norozilik arizasini Migratsiya hizmatiga jo´natasiz. Bunday norozilik arizasi qaror kuchga kirmasdan, ya´ni qarordan xabar topgan kunizdan boshlab uch hafta ichida Migratsiya hizmatiga kelib tushishi lozim. Agar huquqshunos/yordamchingiz bo´lsa, u yordam berishi mumkin.

Birinchi bo´lib Migratsiya hizmati apelyatsiya arizangizni o´zi ko´rib chiqadi, ya´ni o´z qarorini o´zgartirishi yoki o´zgartirmasligini. Agar Migratsiya hizmati qarorni o´zgartirishni lozim deb topmasa, u holda arizangizni migratsiya sudiga oshiradi. Agar migratsiya sudining qaroridan norozi bo´lsangiz, u holda migratsiya yuqori sudidan ishingizni ko´rib chiqishini so´rab murojat qilishingiz mumkin.

Migratsiya yuqori sudi faqatgina kelajakdagi qarorlar uchun muhim bo´ladigan ishlarnigina ko´rib chiqadi. Agar migratsiya yuqori sudi ishingizni ko´rib chiqmasligi haqida xabar olsangiz, qaroringiz o´sha zahoti kuchga kiradi.

Agar fikringizdan qaytib, apelyatsiya arizasini qaytarib olmoqchi bo´lsangiz, u holda Migratsiya hizmatiga rad qarorini qabul qilishingiz haqida ayting. Shunda sud arizangizni ro´yhatdan chiqarib, uni ko´rib chiqmaydi.

Qaytib ketish

Qaroringiz kuchga kirgan kunda boshlab, o´z xohishingiz bilan davlatdan chiqib ketish uchun sizga vaqt beriladi. Qaroringizda qancha vaqt ichida chiqib ketishingiz yozilgan bo´lib, davlatdan o´z vaqtida chiqib ketish mas´uliyati sizning bo´yningizda. Migratsiya hizmati sizga o´z yurtingizga yoki boshqa siz yashashga haqli bo´lgan davlatga chiqib ketishingizda yordam berishi mumkin. Migratsiya hizmati sizga yurtingiz bilan muloqotga kirishishda yoki ketishingiz uchun chipta olishda yordam berishi mumkin.

Ba´zi insonlar o´z yurtida yangi hayot boshlari uchun moliyaviy yordam, ba´zilar huquqiy yordam yoki o´z yurtida ish bozoriga qo´shilishida ko´mak olishlari mumkin. Ish olib boruvchiga qaytib yangi hayot boshlash uchun yordam haqida ko´proq bilmoqchilingizni ayting.

Qaytib kirish uchun taqiq

Agar qaroringizda yozilgan vaqt ichida chiqib ketmasangiz, sizga nisbatan qaytib kirish uchun taqiq qo´yiladi. Bu holda bir yil ichida Shengen hududiga, Bolgariya yoki Ruminiyaga kirish uchun taqiq qo´yiladi. Shuning uchun qachon davlatdan chiqib ketish mas´uliyati o´z bo´yningizda.

Agar Migratsiya hizmati o´z xohishingiz bilan chiqib ketmasligingizga ishonsa, u holda ham qaytib kirish uchun taqiq qo´yiladi.

Tezlik bilan amalga oshirilishi lozim bo´lgan davlatdan chiqarib yuborish qarorini olsangiz, u holda doimo qaytib kirish uchun taqiq qo´yiladi.

Agar mulo­qotga kirmasangiz

Agar Migratsiya bo´limi sizning muloqotga kirishmayotganligingizga ishonsa, u holda sizga yordam puli to´xtatilinadi. Migratsiya hizmati sizni kuzavga olishi yoki ushlab qolishi mumkin. Kuzatuvga olish deganda siz doimiy ravishda ba´zi vaqt va joylarda ko´rinib turishingiz tushuniladi. Bundan tashqari pasport yoki biror shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatingizni tashlab ketishga majbur qilinishingiz mumkin. Ushlab qolish deganda sizni ketib qolmasligingiz uchun biror joyda qamab qo´yish yoki yopiq joyda ushlab turish tushuniladi.

Agar Migratsiya hizmati sizning davlatdan chiqib ketish yoki chiqarib yuborilishda muloqotga kirmasligingizga ishonsa, u holatda ishingiz politsiyaga oshiriladi. Politsiya sizni qidirishga va majburlash orqali davlatdan chiqarib yuborishga haqli bo´ladi.

Yangi ma´lumot

Agar eng oxirgi qaroringizdan so´ng ishingiz yuzasidan yangi ma´lumotlar kelsa, u holda Migratsiya hizmati yangi ma´lumotlarni ko´rib chiqib, sizni davlatdan chiqarib yubormasligi mumkin. Masalan, davlatingizda vaziyat yomonlashsa, yoki o´zingiz og´ir kasal bo´lib qolsangiz. Migratsiya ishingizni o´z istagi yoki sizning iltimosingizga ko´ra qayta ko´rib chiqishi mumkin.

Ko´proq ma´lumot olmo­qchi bo´lsangiz

Kutish davomida sizga muhim bo´lgan ma´lumotlarni olish uchun turli uchrashuvlarga chaqirilasiz.

Ariza bo´limidagi ish olib boruvchi sizga uy, moliyaviy masalalar, salomatlik va bolalar uchun maktab masalalarida qayerga murojat qilishingiz mumkinligi haqida ma´lumotlar beradi.

Ariza bo´limi arizangizni ro´yhatga olgandan so´ng, qabul bo´limiga yozilasiz. Qabul bo´limi sizni turli guruh uchrashuvlariga chaqiradi va yashab turgan joyingiz haqida ma´lumotlar olasiz.

Agar ishingiz yuzasidan biror yangilik bo´lsa, u holda ham qabul bo´limi sizni uchrashuvga chaqiradi. Qaroringiz chiqqandan so´ng, ish olib boruvchi sizga qaror nimani anglatishi va nimalar qilishingiz kerakligi haqida aytish uchun xabar beradi.

Agar savollaringiz bo´lsa, qabul bo´limiga murojat qilishingiz yoki mijozlar hizmati raqamiga 0771-235 235 qo´ng´iroq qilib so´rashingiz mumkin. Mijozlar hizmatining telefon vaqtlari dushanba–juma kunlari soat 08.00 dan–16.00 gacha.

Shu yerda ko´proq o´qishingiz ham mumkin www.migrationsverket.se/asyl.

www.informationsverige.se/ External link, opens in new window. da shved jamiyati qaydayligi haqida o´qishingiz mumkin.

Agar tezlikda politsiya, tez yordam yoki yong´inni o´chirish hizmatiga bog´lanmoqchi bo´lsangiz 112 ga qo´ng´iroq qiling.

Agar politsiya bilan tezkor bo´lmagan vaziyat haqida gaplashmoqchi bo´lsangiz, u holda 114 14 ga qo´ng´iroq qiling.

Sog´lik va salomatlik haqida savollaringiz bo´lsa, 1177 ga qo´ng´iroq qiling.

Швецияда ҳимоя сўраб ариза топширганлар учун

Сизнинг қочоқлик аризангизни Миграция ҳизмати кўриб чиқади. Швецияда кимлар қочоқ статусини олиши ҳақида БМТнинг қочоқлар конвенциясида, Европа Иттифоқининг умумий қоидалари ва Швеция қонунида ёзиб қўйилган.

Ушбу малумотлар вароғида қочоқлик аризасининг Миграция ҳизмати томонидан қандай кўриб чиқилиши ҳамда Швецияда қочоқ сифатида ҳуқуқ ва мажбуриятларингиз ҳақида қисқа малумот олишингиз мумкин. Кейинчалик кўпроқ малумотлар оласиз ва саволлар бериш имкониятига ҳам эга бўласиз.

Қочоқлик бўйича қоидалар

Швецияда ҳамма қочоқлик аризалари Миграция ҳизмати томонидан индивидуал ҳолда кўриб чиқилади. Швеция сизга қочоқлик ёки бошқа сабаблар туфайли ҳимояга муҳтож сифатида яшаш учун руҳсат бериши мумкин.

Қочоқ

БМТ қочоқлар конвенцияси ва Швеция қонунига биноан қуйидаги ҳолатлар юзасидан ўзини тақиб остида деб билганлар қочоқ деб ҳисобланади

  • ирқи
  • миллати
  • диний ёки сиёсий қарашлари
  • жинси
  • жинсий қарашлари
  • бирор жамият гуруҳига аъзолиги туфайли.

Тақиб юртингиздаги давлат органлари томонидан бўлиши мумкин. Давлат органлари бирор инсон ёки гурухларнинг тақибига қарши ёрдам беролмаслиги ёки ёрдам беришни истамаслиги ҳам тақиб ҳисобланади.

Қочоқ статусини олганларга одатда уч йилга яшаш учун руҳсат берилади.

Альтернатив ҳимояга муҳтожлар

Швеция қонуни бўйича қуйидаги инсонларга альтернатив ҳимояга муҳтож статуси берилади, агар

  • ўлимга ҳукм қилиниш ҳавфи мавжуд бўлса
  • тана жароҳатлари, қийнов ёки бошқа шавқатсиз ҳамда ҳакоратловчи жазога тайинланиш ҳавфи мавжуд бўлса
  • қуролли тўқнашувлар туфайли фуқаро сифатида жиддий жароҳат олиш хавфи мавжуд бўлса.

Альтернатив ҳимояга муҳтож сифатида одатда 13 (ўн уч) ойга яшаш учун руҳсат берилади.

Қочоқлик сўраб мурожат қилиш (ариза топшириш)

Швецияда қочоқлик сўраб ариза топшириш учун ўзингиз шахсан Миграция ҳизматига келишингиз лозим бўлади. Аризалар бўлими сизнинг аризангизни қабул қилиб, уни рўйхатга олади.

Сизни суратга туширишади ва бармоқ изларини олишади. Бармоқ изларидан шу қаторда бошқа Европа давлатларида қочоқлик сўраб мурожат қилган ёки қилмаганлигингизни текширишда фойдаланилади.

Сизга ишингизни олиб борувчи берилиб, у таржимон ёрдамида сизга турли саволлар беради, шулар қаторида кимлигингиз, нима учун ўз юртингизни ташлаб келганингиз ҳамда Швецияга қандай кириб келганингиз хақида сўрайди. Сизга оилангиз ҳамда соғлигингиз ҳақида ҳам саволлар беришади. Бу орқали биз сизнинг аризангизни қочоқлик текшируви учун тайёрлаймиз. Қочоқлик бўйича текширувда ўзингизнинг қочоқлик бўйича сабабларингиз ҳақида кўпроқ саволларга жавоб берасиз.

Агар маҳсус муҳтожлигингиз бўлса, масалан, ногиронлик, яъни жисмоний, руҳий ёки ақлий заифлигингиз бўлса, бу ҳақида Миграция ҳизматига айтишингиз лозим. Агар ногиронлигингиз қочоқлик аризангиз юзасидан Миграция ҳизмати билан мулоқотингизни қийинлаштирса, бу борада ёрдам олишга ҳаклисиз.

Аризалар бўлимида яна қочоқлик жараёни қандай ўтиши ҳақида малумотлар олишингиз ҳамда саволлар беришингиз мумкин бўлади. Қочоқлик аризангиз рўйҳатга олингандан сўнг сизга вақтинчалик квитанция беришади. Ушбу квитанцияни қочоқлик картасини (LMA) олгунингизгача сақланг, шу орқали қочоқлик сўраб мурожат қилганингизни билиш мумкин.

Кимлигингиз ҳақида айтиб беринг

Миграция ҳизмати сизнинг қочоқлик статуси олишга ҳақли эканлигингизни билиши учун кимлигингиз ва қаердан келганингизни айтиб беришингиз лозим. Бунинг энг яхши йули қочоқлик сўраб мурожат қилишда паспорт ёки шахсингизни тасдиқловчи картангизни топширишингиздир. Шахсингизни аниқловчи ҳужжат юртингиздаги давлат органлари томонидан берилган бўлиб, унда суратингиз ҳам бўлади. Ҳужжатда яна исм-шарифингиз, фуқаролигингиз ва қачон туғилганлигингиз кўрсатилади.

Шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатларни топиш ўз бўйнингизда. Агар қочоқлик сўраб Миграция ҳизматига мурожат қилганингизда шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатларингиз бўлмаса, у ҳолда иш олиб борувчингиз тез фурсатда аризангизга кўшимча равишда ҳужжатлар, яъни шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатларни топширишингизни сўрайди.

Агар шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатларни топишда қийналсангиз, Миграция ҳизматига уларни топишга ҳаракат қилаётганингизни кўрсатишингиз лозим. Агар сизда шахсингизни кўрсатувчи бошқа ҳужжатларингиз бўлса, яъни ҳайдовчилик гувоҳномаси, туғилганлик ҳақида гувоҳнома, фуқаролик гувоҳномаси ёки ҳарбий гувоҳномангиз бўлса, уларни ҳам топширсангиз бўлади. Бундай ҳужжатлар кимлигингизни исботлаши қийин бўлсада, бундай ҳужжатлардан бир нечтаси ўзингиз ва юртингиз ҳақида сўзлаб берганларингиз билан бирга шахсингизни тасдиқлашда эҳтимолликни ошириши мумкин.

Агар кимлигингизни кўрсатишда ёрдам берсангиз, аризангиз бўйича қарорингиз чиққунга қадар ишлаш ҳуқуқига эга бўласиз.

Қочоқлик аризангизни қайси давлат кўриб чиқишини танлай олмайсиз (Дублин низоми)

Қочоқлик сўраб ариза ташлаганингиздан сўнг, Миграция ҳизмати аризангизнинг Швецияда ёки бошқа Европа давлатида кўриб чиқилишини текшириб чиқади. Агар Швецияга келишда бошқа Европа давлати учун виза, у ерда яшаш учун руҳсат ёки у ерда қочоқлик сўраб мурожат қилган бўлсангиз, балки ўша давлатга қайтиб кетишингиз лозим бўлади. Бу қоидалар Дублин низомида кўрсатилган. Бу ҳақида "Европа Иттифоқи ичида қочоқлик сўраб мурожат қилдим – қайси давлат аризамни кўриб чиқади" номли малумотлар коғозида ўқишингиз мумкин. (Брошюра барча тилларда мавжуд эмас).

Кутиш давомида

Агар аризангиз Швецияда кўриб чиқиладиган бўлса, у ҳолда қарорингиз чиққунга қадар шу ерда қолишингиз мумкин. Кутиш давомида Миграция ҳизматининг бирор қабул бўлими билан мулоқот қилиб турасиз. Қабул бўлимидаги ходимлар сизнинг қочоқлик статуси олиш ёки олмаслигингизни ҳал қилишмайди. Қабул бўлимлари сизга амалий масалаларда, масалан молиявий ҳамда бошпана масалаларида ёрдам беришади. Яна қабул бўлимлари қарорингиз чиққанлиги ҳақида ва у нима англатиши ва сиз нималар қилишингиз лозимлиги юзасидан сизга мурожат қилишади.

Муҳим малумот

Қабул бўлими сизни гуруҳларда ўтказиладиган малумотлар учрашувларига чақиради. Учрашувда қочоқлик сўраб мурожат қилганлар учун жуда керакли бўладиган малумотлар берилади. Масалан, уй-жой, молиявий масалалар, соғлиқ ва саломатликни сақлаш ҳақида бўлиши мумкин. Сизга яна, масалан қонунлар, давлат органлари ҳамда қочоқлик сўраб мурожат қилганларга ёрдам берувчи турли ташкилотлар ҳақида ҳам малумотлар берилади. Булар қарорингизни кутиш вақтида сизга жуда керакли бўлган малумотлардир.

Сизга ариза бўлимида ҳам қабул бўлимида ҳам жуда кўп малумотлар беришади. Баъзида бир пайтнинг ўзида жуда ҳам кўп малумот олгандай туйилиши мумкин. Сизга берилган ҳамма малумот коғозларини сақлаб қўйинг, керакли пайтда яна ўқишингиз мумкин бўлади, агар саволларингиз бўлса, иш кўрувчига кейинги учрашувда уларни беришингиз мумкин.

Агар Миграция ҳизмати берган уйда яшасангиз, баъзида ўша уй-жойларда ишловчи ёки ташриф буюрган Миграция ҳизмати ходимларини кўришингиз мумкин. Бу ходимлар сизнинг қочоқлик аризангиз бўйича саволларга жавоб беролмасликлари мумкин, лекин сиз қидирган малумотларни топишда ёрдам беришлари мумкин.

Қочоқлик текширувини кутиш вақтида

Қочоқлик текширувига келишингизга қадар кўп вақт ўтиши мумкин. Кутиш вақтлари ҳаммада турлича.

Қочоқлик текширувида нима учун Швецияда қочоқлик сўраётганлигингизни, ҳаётингизда нималар содир бўлганлиги ва ўз юртингизга қайтсангиз ҳаётингизга қандай ҳавф борлиги ҳақида кўпроқ гапириб берасиз.

Қарорингиз чиққунга қадар бир нечта учрашувга таклиф қилинасиз. Миграция ҳизмати сиз учун белгилаган вақтлардагина келинг. Янги вақтлар жуда кам бўлиб, агар сизга янги вақт белгилайдиган бўлсак, у ҳолда қарорингизни янада кўпроқ кутишингизга тўғри келади.

Манзилингизни айтинг

Қарорингизни кутиш вақтида бошқа жойга кўчсангиз, янги манзилингиз ҳақида хабар беринг, чунки текширув ёки бошқа учрашувлар вақтини сизга етказиш лозим бўлганда сизни топа олишимиз керак. Хатларингизни доимо ўқиб туринг, шунда Миграция ҳизматидан борадиган малумотларни ўтказиб юбормайсиз.

Қочоқлик картаси (LMA)

Швецияда қочоқлик сўраб мурожат қилганингизда сизга квитанция берилади. Квитанцияда рақам ёзилган бўлиб, Миграция ҳизмати билан мулоқот қилганингизда шу рақамни айтишингиз лозим бўлади. Шунда иш олиб борувчига сиз ҳақингиздаги малумотларни топиш осон бўлади. Аризангизни топширгандан сўнг тахминан бир ҳафта ўтиб, қабул бўлимингиздан картангизни олиб кетишингиз мумкин. Карта ЛМА деб аталиб, квитанциянинг ўрнига берилади.

ЛМА картаси доим ёнингизда бўлиши лозим, чунки қарорингизни кутиш вақтида шу орқали Швецияда бўлишга ҳақлилигингизни ҳамда қочоқлик сўраб мурожат қилганлигингизни кўрсатасиз. Соғлиқни сақлаш органларига мурожат қилганингизда, лма картасини кўрсатинг, бу оркали сизга арзон нархда хизмат кўрсатишади.

Уй-жой

Сиз ўзингиз уй топишингиз ёки Миграция ҳизмати сизга уй бериши мумкин. Агар ўз маблағингиз бўлса, у ҳолда сизга Миграция ҳизмати берган уй-жой учун пул тўлайсиз. Уйни ўзингиз топсангиз, у ҳолда қам ижара пулини ўзингиз тўлайсиз.

Агар Миграция ҳизматининг уйида яшасангиз, у ҳолда яшаш район/шахарни танлай олмайсиз, ҳатто кутиш вақтида кўчишингизга ҳам тўғри келиши мумкин. Агар уйни ўзингиз топсангиз, у ҳолда Миграция ҳизматига янги манзилингиз ҳақида хабар беришни унутманг.

Агар маҳсус муҳтожлигингиз бўлса, шунга мослашган уй-жойга ҳаклисиз. Бундай ҳолатда ногиронлик, жисмоний ёки руҳий носоғломлик, турли жинсий қарашли инсонлар, ҳомиладор ёки катта ёшли инсонлар назарда тутилади. Миграция ҳизматига ўз вақтида муҳтожликларингиз ҳақида айтинг, чунки сизнинг муҳтожликларингизга мослашган ва ўзингизни ҳавфсиз ҳис қилишингиз учун уй-жой топишда қўлимиздан келганча тезроқ ҳаракат қиламиз.

Бирга яшовчилар дини, маданияти ёки жинсий қарашидан қатъий назар бир-бирларини ҳурмат қилишлари ва ҳурмат кўрсатишлари жуда муҳим. Агар уйда ўзингизни ҳавф остида ҳис қилсангиз, бу хақида Миграция ҳизматига хабар беринг.

Соғлиқ ва саломатликни сақлаш

Қочоқ сифатида сиз саломатликни сақлаш, тиш ҳизматлари ҳамда тез ёрдам ҳизматларига ҳақлисиз. Соғлиқни сақлаш органлари сизга қандай даво зарурлигини белгилайди. Соғлиқни сақлаш органларига мурожат қилганда ёки баъзи дориларни олишда қочоқлик картангизни кўрсатсангиз, ҳизмат ҳакини арзон нархда тўлайсиз. 18 ёшдан кичик қочоқ болалар ва ўсмирлар Швецияда яшаётган болалар ва ўсмирлар каби соғлиқни сақлашда бепул ҳизматга ҳаклидир.

Барча қочоқлар поликлиника томонидан бепул саломатликни текширишга таклиф қилинади. Саломатлик текшируви қочоқлик аризангизга таъсир кўрсатмайди. Бу сиз учун бўлиб, сизга вақтида керакли муолажани бериш учун лозимдир. Саломатлигингизни текшириш жараёнида сизга саломатлик ҳакида саволларга жавоблар, турли анализлар учун таклифлар ҳамда Швецияда соғлиқни сақлаш қандайлиги борасида малумотлар берилади. Соғлиқни сақлаш ходимларига ногиронлик, бирор касаллик ёки оғриқ туфайли сизга маҳсус ёрдам зарур бўлса, бу ҳақида айтинг.

Соғлиқни сақлаш органлари Миграция ҳизмати учун ишламайди ва улар барча малумотларни сир сақлашади.

Иш

Сиз Швецияда қочоқлик аризасини топширган инсон сифатида қуйидаги ҳолатларда ишга руҳсатномасиз ишлашингиз мумкин, агар

  • аризангиз Швецияда кўриб чиқилса
  • ўз шахсингизни аниқлашда ёрдам кўрсатсангиз
  • аризангиз умуман асоссиз деб топилмаса.

Агар шу талабларга жавоб берсангиз, ишлаш ҳуқуқига эга бўласиз.

Агар ишлаган бўлсангиз, лекин қочоқлик аризангизга рад жавобини олган бўлсангизда, давлатдан чиқиб кетгунча ёки чиқиб кетишга ёрдам кўрсатганингизча ишлашни давом эттиришингиз мумкин. Агар яшаш учун руҳсат олсангиз, ишлашда давом этишингиз мумкин.

Иш билан таъминлашда ёрдам кўрсатиш ҳизматига, яъни (Arbetsförmedlingen) га (www.arbetsformedlingen.se External link, opens in new window.) бўш иш ўринларини топиш учун мурожат қилишингиз мумкин.

Молиявий ёрдам

Агар ишлашга имкониятингиз бўлсама ёки ўз пулларингиз бўлсама, кундалик ёрдам пули учун ариза ёзишингиз мумкин. Миграция ҳизматидан оладиган пулингиз овқат, кийим-кечак ҳамда шахсий чиқимларингиз учун етарли бўлади. Агар Миграция ҳизматидан ёрдам пули олсангиз ва молиявий ҳаётингизда ўзгаришлар содир бўлса, яъни ишга кирсангиз ёки уй-жойингизни алмаштирсангиз, бу ҳақида Миграция ҳизматига хабар беринг. Манзил ўзгариши молиявий ёрдам даражасининг ўзгаришига олиб келади. Нотўғри малумотлар бериш ёки малумотларни бекитиш жиноят ҳисобланиб, Миграция ҳизмати полиция ходимларига мурожат қилишлари мумкин.

Мактаб

Барча қочоқ болалар ва ўсмирлар боғча ва мактабга боришга ҳакли. Яшаб турган муниципалитет ҳокимлиги барча қочоқ болалар ва ўсмирларнинг муниципалитетдаги бошқа болалар каби бир ҳил шароитда боғча ва мактабга чиқишларига маъсулдир. Ҳокимлик сизнинг болангиз учун мактабдан жой ажратишини енгиллаштириш мақсадида, сиз Миграция ҳизматига болангизнинг исми, туғилган санаси, тили, юрти ва иш рақамини ҳокимликка тақдим этиши учун ўз розилигингизни беришингиз керак бўлади. Сиз ўзингиз ҳам ҳокимликка мурожат килиб, болангиз мактаб ёки боғчага чиқиш истаги ҳақида хабар беришингиз мумкин.

Сиз вояга етган шахс сифатида яшаш учун руҳсат олганингиздан сўнг, имигрантлар учун швет тили (SFI) ўрганишга боришингиз мумкин. Лекин қарорингизни кутиш вақтидан бошлаб швет тилини ўрганмоқчи бўлсангиз, швет тили курсларини тақдим этувчи турли нодавлат нотижорат ташкилотлари ва ўкув уюшмалари мавжуд. Яшаб турган районингизда швет тили ўрганишинг имкониятлари ҳақида қабул бўлимидан сўрашингиз мумкин.

Нодавлат нотижорат ташкилотлар

Турли районларда нодавлат нотижорат ташкилотлар, ўқув бирлашмалари ва черковлар қочоқлар учун турли машғулотларни ташкил қилишади. Миграция ҳизмати ходимлари сиз яшаб турган жойда қандай ташкилотлар мавжудлиги ҳақида малумот беришлари мумкин. Кичик районларда ҳамма ташкилотлар мавжуд эмас. Агар маҳсус йўналишдаги ташкилот билан мулоқотга киришмоқчи бўлсангиз, қабул бўлимингиздан бу ҳақида сўранг.

Қочоқлик текшируви

Қочоқлик текширувида таржимон ёрдамида қочоқлик сабабларингиз, яъни нима учун Швецияда қочоқлик сўраб мурожат қилганлигингиз ҳақида кўпроқ малумот берасиз. Ўз юртингизни нима учун ташлаб келганингизни сиздан бошка ҳеч ким аниқ айтиб беролмайди. Шунинг учун юртингизда сизга нима бўлганлиги ва қайтиб боришга мажбур бўлсангиз нима бўлиши мумкинлиги ҳақида ҳамма нарсани айтишингиз лозим. Ўз юртингиздаги аҳволдан кўра, кўпроқ сиз ўзингиз билан нима содир бўлганлиги ҳақида айтиб беришингиз керак.

Юртингизни ташлаб келиш қарорига келишингиз учун муҳим бўлган барча насалар ҳакида малумот берсангиздагина, Миграция ҳизмати сизнинг сабабларингиз юзасидан тўғри қарор чиқариши мумкин бўлади. Иш олиб борувчи аризангиз юзасидан муҳим бўлган нарсаларни билиш учун сизга турли саволлар беради.

Агар ҳикоянгизни тасдиқловчи бирор ҳужжат ёки бошқа далилингиз бўлса, қочоқлик текширувига уларни олиб келинг. Зарур бўлса, Миграция ҳизмати ҳужжатларни таржима қилдиради.

Гапириб бериш қийин бўлган нарсалар

Баъзи нарсалар ҳақида гапириш қийин, лекин уларни айтиб бериш жуда ҳам муҳим бўлиши мумкин. Иш олиб борувчи малумотларни сир сақлайди ва фақатгина аризангиз юзасидан бирга иш олиб бораётганларгагина малумот бериши мумкин. Таржимон ҳам иш олиб борувчи каби сир сақлаш мажбуриятига эга. Текширув жараёнида зарур бўлса танаффус олишингиз мумкин.

Агар сизга фақат аёл ёки эркак иш олиб борувчи керак бўлса, бу ҳақида текширувдан олдин ўз вақтида айтинг.

Ҳуқуқий ёрдам

Кўпчилик қочоқлик сўраганлар ҳуқуқий ёрдамчи олишга ҳақли бўлишади. Агар ҳуқуқий ёрдамчига ҳақли бўлсангиз, Миграция ҳизмати сизга аризангиз кўриб чиқилгунга қадар сизнинг ишингизда керакли ҳуқуқий ёрдам кўрсатувчи ўқимишли ҳуқуқшунос белгилайди.

Ҳуқуқшуносга Миграция ҳизмати ҳақ тўласада, лекин ҳуқуқшунос Миграция ҳизмати ва бошқа давлат органларига ҳеч қандай алоқасиз иш олиб боради. Сиз бошқа ҳуқуқшунос тавсия этишингиз, эркак ёки аёл ҳуқуқшунос сўраб мурожат қилишингиз мумкин. Бу ҳақида текширувдан олдин ўз вақтида айтишингиз лозим. Агар Миграция ҳизмати тўлайдиган ҳуқуқшуносга ҳақли бўлмасангиз, у ҳолда ўзингиз пул тўлаб бошқа ҳуқуқшунос олишингиз мумкин.

Таржимоннинг иши ва вазифаси

Миграция ҳизматининг кўпгина учрашувларида ўртадаги мулоқотни таржима қилувчи таржимон иштирок этади. Баъзан таржимон хонада ўтириши, баъзан эса телефон ёки экран орқали таржима қилиши мумкин. Гапираётганда танаффус билан гапиришга ҳаракат қилинг, шунда таржимон ҳамма гапни таржима қилишга улгиради. Гапингизни бошлашдан олдин таржимон таржимасини тугатишини кутиб туринг.

Таржимонлар баъзи қоидаларга риоя қилишади. Таржимани бошлашдан олдин таржимонлар икки тарафга ўз вазифаси, сир сақлаши ҳамда хонадаги ҳар бир гапни таржима қилиш мажбурияти ҳақида гапириб ўтади. Таржимон ҳар бир гапни ўзидан қўшмай ёки камайтирмай таржима қилади. Таржимон бетараф бўлиб, сиёсат, дин ёки бошқа масалаларда ўз фикрларини айтмайди. Яъни таржимон ўртадаги суҳбатга аралашмасдан, бирор тарафга ёрдам ёки тасдиқ кўрсатмасдан таржима қилиши шарт.

Агар таржимонни тушунмасангиз ёки бирор сабаб туфайли ўзингизни таржимондан ноқулай ҳис этсангиз, бу ҳақида айтинг. Суҳбатни тўхтатиб, бошқа таржимон сўрашингиз мумкин. Эркак ёки аёл таржимонга истагингиз бўлса, бу ҳақида ўз вақтида хабар беришни унутманг.

Қарор

Агар яшаш учун руҳсат олсангиз

Агар яшаш учун руҳсат олсангиз, у ҳолда Швецияда ҳам яшаб ҳам ишлашга ҳафли бўласиз. Яшаш учун руҳсат олсангиз, Солиқ қўмитасига бориб, яшаш учун рўйҳатдан ўтинг ва шахсий рақам олинг. Яшашга руҳсатингизни исботлаш учун Миграция ҳизмати сизга яшашга руҳсат картасини беради. Карта қабул бўлимингизга юборилади.

Швецияда қочоқлик сўраганлар учун одатда бир ёки уч йилга яшаш учун вақтинчалик руҳсат берилади.

Яшаш учун руҳсатни узайтириш

Вақтинчалик яшаш учун руҳсатингиз тугаса, уни узайтириш учун ариза топширишингиз мумкин. Вақтинчалик яшаш учун руҳсатингиз тугашидан олдин узайтиришга ариза топширишингиз мумкин, лекин энг эртаси тугашидан уч ой олдин узайтиришга ариза топшириш мумкин.

Агар ҳимояга ҳали ҳам муҳтож бўлсангиз, яшаш учун руҳсатингиз узайтирилади.

Агар рад жавоби олсангиз

Рад жавоби Миграция ҳизматининг баҳолашига биноан сизда Швецияда қолиш учун етарли сабаб йўқлигини англатади. Агар рад жавобини олсангиз, сизда иккита танлов мавжуд: қарорни қабул қилиш ёки унинг устида норозилик аризасини ёзиш.

Қочоқлик аризангизга рад жавоби келса, сизни давлатдан чиқиб кетишингиз сўралади. Бу қарор кучга кирган кундан бошлаб тўрт йил ичида амалда бўлади. Агар шу вақт ичида Швецияга бошқатдан кириб келсангиз, сизни яна қайтариб чиқариб юборишади. У ҳолатда ишингиз қайта кўрилишига ёки Миграция ҳизматидан бирор ёрдамга ҳақли бўлмайсиз.

Уй ва молиявий ёрдам олиш ҳуқуқи тўхтатилади

Қочоқлик аризангизга рад жавоби келса, сиз молиявий ёрдамга ҳақли бўлмайсиз. Бу вояга етган ҳамда 18 ёшдан кичик фарзанднинг ота-онаси бўлсада, лекин бола билан бирга яшамайдиганлар учун амалда. Молиявий ёрдам деганда кундалик ёрдам пули ҳамда Миграция ҳизмати уй-жойлари тушунилади. Бундай ҳуқуқ давлатдан чиқиб кетиш/ чиқариб юборилиш ҳақидаги қарор кучга киргандан ва қарорни бошқа апеляцияга беролмасликдан ёки ўз хоҳиши билан давлатдан чиқиб кетиш муддати тугаши билан тўхтатилади. Шунда Швециядан чиқиб кетишингиз керак.

Болали оилалар то Швециядан чиқиб кетмагунларича ёки бирор сабаб туфайли миграция қабул бўлимидан ўчирилмагунларича Миграция ҳизматининг вақтинчалик уй-жойларида яшаб туришлари ва молиявий ёрдам олиш ҳуқуқини сақлаб қолишлари мумкин.

Агар апеляцияга берсангиз

Агар апеляцияга бермоқчи бўлсангиз, у ҳолда суддан қарорингизни қайта кўриб чиқишини сўраган бўласиз. Норозилик аризасини Миграция ҳизматига жўнатасиз. Бундай норозилик аризаси қарор кучга кирмасдан, яъни қарордан хабар топган куниздан бошлаб уч ҳафта ичида Миграция ҳизматига келиб тушиши лозим. Агар ҳуқуқшунос/ ёрдамчингиз бўлса, у ёрдам бериши мумкин.

Биринчи бўлиб Миграция ҳизмати аризангизни ўзи кўриб чиқади, яъни ўз қарорини ўзгартириш ёки ўзгартирмаслигини. Агар Миграция ҳизмати қарорни ўзгартиришни лозим деб топмаса, у ҳолда аризангизни миграция судига оширади. Агар миграция суди қароридан норози бўлсангиз, у ҳолда миграция юқори судидан ишингизни кўриб чиқишини сўраб мурожат қилишингиз мумкин.

Миграция юқори суди фақатгина келажакдаги қарорлар учун муҳим бўладиган ишларнигина кўриб чиқади. Агар миграция юқори суди ишингизни кўриб чиқмаслиги ҳақида хабар олсангиз, қарорингиз ўша заҳоти кучга киради.

Агар фикрингиздан қайтиб, апеляция аризасини қайтариб олмоқчи бўлсангиз, у ҳолда Миграция ҳизматига рад қарорини қабул қилишингиз ҳақида айтинг.Шунда суд аризангизни рўйҳатдан чиқариб, уни кўриб чиқмайди.

Қайтиб кетиш

Қарорингиз кучга кирган кундан бошлаб, ўз хоҳишингиз билан давлатдан чиқиб кетиш учун сизга вақт берилади. Қарорингизда қанча вақтда чиқиб кетишингиз ҳақида ёзилган бўлиб, давлатдан ўз вақтида чиқиб кетиш маъсулияти сизнинг бўйнингизда. Миграция ҳизмати сизга ўз юртингизга ёки бошқа сиз яшашга ҳақли бўлган давлатга чиқиб кетишингизда ёрдам бериши мумкин. Миграция ҳизмати сизга юртингиз билан мулоқотга киришишга ёки кетишингиз учун вақт белгилашда ёрдам бериши мумкин.

Баъзи инсонлар ўз юртида янги ҳаёт бошлашлари учун молиявий ёрдам ёки баъзилар ҳуқуқий ёрдам олишлари ёки ўз юртида иш бозорига қўшилишида кўмак олишлари мумкин. Иш олиб борувчига қайтиб янги ҳаёт бошлаш учун ёрдам ҳақида кўпроқ билмоқчилигингизни айтинг.

Қайтиб кириш учун тақиқ

Агар қарорингизда ёзилган вақт ичида чиқиб кетмасангиз, сизга нисбатан қайтиб кириш учун тақиқ қўйилади. Бу ҳолда бир йил ичида Шенген ҳудудига, Болгария ёки Руминияга кириш учун тақиқ қўйилади. Шунинг учун давлатдан қачон чиқиб кетиш ўз бўйнингизда.

Агар Миграция ҳизмати ўз хоҳишингиз билан чиқиб кетмаслигингизга ишонса, у ҳолда ҳам қайтиб кириш учун тақиқ қўйилади.

Тезлик билан амалга оширилиши лозим бўлган давлатдан чиқариб юбориш қарорини олсангиз, у ҳолда доимо қайтиб кириш учун тақиқ қўйилади.

Агар мулоқотга кирмасангиз

Агар Миграция ҳизмати сизнинг мулоқотга кирмаслигингизга ишонса, у ҳолда сизга ёрдам пули тўхтатилади. Миграция ҳизмати сизни кузатувга олиши ёки ушлаб қолиши мумкин. Кузатувга олиш деганда сиз доимий равишда баъзи вақт ва жойларда кўриниб туришингиз тушунилади. Бундан ташқари паспорт ёки бирор шахсингизни тасдиқловчи ҳужжатни ташлаб кетишга мажбур қилинишингиз мумкин. Ушлаб қолиш деганда сизни бирор жойда кетиб қолмаслигингиз учун қамаб қўйиш/ ёпиқ жойда ушлаб туриш тушунилади.

Агар Миграция ҳизмати сизнинг давлатдан чиқиб кетиш ёки чиқариб юборилишда мулоқотга кирмаслигингизга ишонса, у ҳолатда ишингиз полицияга оширилади. Полиция сизни қидиришга ва мажбурлаш орқали давлатдан чиқариб юборишга ҳақли бўлади.

Янги малумот

Агар энг сўнги қарорингиздан сўнг янги ишингиз юзасидан малумотлар келса, у ҳолда Миграция ҳизмати янги малумотларни кўриб чиқиб, сизни давлатдан чиқариб юбормаслиги мумкин. Масалан, давлатингизда вазият ёмонлашса ёки ўзингиз оғир касал бўлиб қолсангиз. Миграция ҳизмати ишингизни ўз истаги ёки сизнинг илтимосингизга кўра қайта кўриб чиқиши мумкин.

Кўпроқ малумот олмоқчи бўлсангиз

Кутиш давомида сиз муҳим бўлган малумотларни олиш учун турли учрашувларга чақириласиз.

Ариза бўлимидаги иш олиб борувчи сизга уй, молиявий масалалар, саломатлик ва болалар учун мактаб масалаларида қаерга мурожат қилишингиз мумкинлиги ҳақида малумотлар беради.

Ариза бўлими аризангизни рўйҳатга олгандан сўнг қабул бўлимига ёзиласиз. Қабул бўлими сизни турли гуруҳ учрашувларига чақиради ва яшаб турган жойингиз ҳақида малумотлар оласиз.

Агар ишингиз юзасидан бирор янгилик бўлса, у ҳолда ҳам қабул бўлими сизни учрашувга чақиради. Қарорингиз чиққандан сўнг, иш олиб борувчи сизга қарор нимани англатиши ва нималар қилиш кераклиги ҳақида айтиш учун хабар беради.

Агар саволларингиз бўлса, қабул бўлимига мурожат қилишингиз ёки мижозлар ҳизмати рақамига 0771-235–235 қўнғироқ қилишингиз мумкин. Мижозлар ҳизматининг телефон вақтлари душанба-жума кунлари соат 08.00 дан–16.00 гача.

Шу ерда кўпроқ ўқишингиз ҳам мумкин www.migrationsverket.se/asyl.

www.informationsverige.se/ External link, opens in new window. да швед жамияти қандайлиги ҳақида ўқишингиз мумкин.

Агар тезликда полиция, тез ёрдам ёки ёнғинни ўчириш ҳизматига боғланмоқчи бўлсангиз 112 га қўнғироқ қилинг.

Агар полиция билан тезкор бўлмаган вазият ҳақида гаплашмоқчи бўлсангиз, у ҳолда 114 14 га қўнғироқ қилинг.

Соғлиқ ва саломатлик ҳақида саволларингиз бўлса 1177 га қўнғироқ қилинг.

Last updated: